Boshqarma haqida
Xorazm viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik
boshqarmasi to‘g‘risida
NIZOM
l-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish
va bandlik boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Boshqarma)ning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
2.Boshqarma:
kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha strategiya va dasturlarni ishlab
chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish;
aholi bandligi va mehnat munosabatlari sohasida yagona siyosat ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekistan Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga (keyingi o‘rinlarda - Bandlik vazirligi) bo‘ysunadi.
3.Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining buyruqlari va normativ-huquqiy hujjatlariga, Xorazm viloyat hokimiyatining farmoyishi, qarorlari va normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Xorazm viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining tashkiliy tizimi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga hamda tegishliligi bo‘yicha Xorazm viloyat hokimiyatiga bo‘ysunadi va hisobot beradi.
5. Boshqarma, uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan hududiy va idora buysunuvidagi bo‘linmalar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekistan Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, o‘zining mustaqil balansiga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan xorijiy hisobvaraqlariga ega.
6. Boshqarmaning rasmiy nomi:
- davlat tilida:
to‘liq nomi - Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, qisqartirilgani - Bandlik boshqarmasi;
- ingliz tilida:
to‘liq nomi - Directorate of Poverty Reduction and Employment Xorazm region, qisqartirilgani - Directorate of Employment;
- rus tilida:
to‘liq nomi- Upravlenie po sokraщeniyu bednosti i zanyatosti Xorezmskoy oblasti, qiskartirilgani - Upravlenie zanyatosti.
7. Boshqarmaning joylashgan joyi (pochta manzili): 220100, Urganch shaxri, I.Do‘sov ko‘chasi, 2-uy.
2-bob. Boshqarma tizimi
8. Quyidagilar Boshqarma tizimiga kiradi:
Boshqarma apparati;
Tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari;
Kasbiy ko‘nikmalar markazlari;
tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari Boshqarmaga va tegishli ravishda tumanlar (shaharlar) hokimliklariga bo‘ysunadi va hisob beradi.
9. Boshqarma o‘z vazifalari va funksiyalarini bajarishda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
3-bob. Boshqarmaning vazifalari hamda funksiyalari
10. Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali
bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;
2) tegishli ravishda Xorazm viloyat va tuman (shaharlar) hokimlari, hududiy prokuratura, ichki ishlar organlari va davlat soliq xizmati rahbarlari tomonidan rahbarlik qilinadigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (keyingi o‘rinlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari deb ataladi) bilan hamkorlikni amalga oshirish;
3) kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda bevosita ishtirok etish;
4) mahallalar kesimida kambag‘al aholini manzilli aniqlash
va ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual dasturlarni amalga oshirish;
5) tarmoq, soha va hududlarni rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini shakllantirishda kambag‘allikni qisqartirish va aholi
turmush darajasini oshirishga qaratilgan amaliy choralar ko‘rish;
6) aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi va ular vakolatiga kiradigan boshqa masalalarga doir qonun
hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etish yuzasidan monitoring va
nazorat olib borish;
7) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida viloyat hokimi, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmatining hududiy organlari rahbarlari rahbarlik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
8) hududiy davlat boshqaruvi organlari, tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosarlari bilan birga hokim yordamchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
9) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohalariga tegishli bo‘lgan dasturiy-metodik hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta’minlash;
10) hokim yordamchilarining faoliyatidagi muammolarni kompleks o‘rganish, tahlil etish va tizimli hal qilish choralarini ko‘rish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;
11) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar bilan hamkorlik qilish;
12) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
13) ishga joylashtirish, o‘qitish va malaka oshirish, malakani baholash
xizmatlari uchun davlat buyurtmasini shakllantirish bo‘yicha tuman (shahar)
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari
faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tahlil qilish;
14) kovorking-markazlar tashkil etish va ularni saqlab turish
moliyalashtirilishini tashkil qilish bo‘yicha tuman (shahar) Kambag‘allikni
qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari faoliyatini
muvofiqlashtirish;
15) tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka
ko‘maklashish bo‘limlari va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
16) tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka
ko‘maklashish bo‘limlarida va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda moliya
nazoratini tashkil etish va amalga oshirish.
4-bob. Boshqarmaning huquqlari va
majburiyati
11. Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘lik normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek boshqa hujjatlarni O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga belgilangan tartibda kiritish;
mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish sohasida davlat
siyosatini amalga oshirish masalalarida davlat boshqaruvi organlari va
mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda
muvofiqlashtirish;
Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalarni hal kilish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda axborot so‘rash va olish;
davlat statistika organlaridan Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalarga doir zarur statistik axborotni bepul olish;
tashkilotlarda mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, mehnat xavfsizligi standartlariga, shu jumladan O‘zbekistan Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarning qoidalari va talablariga rioya etilishini belgilangan tartibda o‘rganish va tekshirish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar, shuningdek fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha ishlarni bajaruvchi (xizmatlar ko‘rsatuvchi) shaxslar sog‘ligiga mehnat vazifalarini bajarishi vaqtida yetkazilgan zararlarning boshqa omillarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus tekshirish yoki tekshirishda ishtirok etish;
mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy jazolar berish;
mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan va xodimlar sog‘ligi yoki hayotiga xavf tug‘diradigan tashkilotlar faoliyatini yoki korxonalar mablag‘laridan foydalanishni o‘z vakolatlari doirasida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatish;
Boshqarma va uning idoraviy bo‘ysunuvidagi tuzilmalar davlat mulkini bir bo‘linmadan boshqa bo‘linmaga bepul foydalanish huquqlari asosida o‘z tashkiliy tuzilmasi doirasida belgilangan tartibda o‘tkazish;
Tizimdagi jamg‘armalar mablag‘larini belgilangan tartibda tasarruf etish hamda ulardan maqsadli foydalanish yuzasidan nazoratni ta’minlash ishlarini tashkil etish;
Boshqarma va uning idora bo‘ysunuvidagi tuzilmalari davlat mol- mulkini beg‘araz foydalanish huquqi asosida bir bo‘linmadan boshqa bo‘linmaga, o‘z tashkiliy tuzilmasi doirasida balansdan balansga belgilangan tartibda o‘tkazish, shtat jadvallarini muvofiqlashtirish, idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar moliya-xo‘jalik faoliyati balanslari va hisobotlarini ko‘rib chiqish;
idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash tadbirlarini amalga oshirish;
idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan markazlashgan kapital mablag‘lardan samarali foydalanish yuzasidan nazoratni ta’minlash, Boshqarma tizimidagi ob’ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha istiqbolli dasturlar ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqish;
Boshqarmaning hududiy bo‘linmalariga biriktirilgan binolar, inshootlar va xonalarni realizatsiya qilish yoki buzish to‘g‘risida qaror qabul qilish xususida Xorazm viloyat hokimiga belgilangan tartibda takliflar kiritish shuningdek tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va
bandlikka ko‘maklashish bo‘limlarini joylashtirish uchun O‘zbekiston
Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobiga binolar,
inshootlar va xonalar xarid qilish, rekonstruksiya qilish va qurish bo‘yicha
qarorlar qabul qilish;
idora bo‘ysunuvidagi xo‘jalik tashkilotlari tuzilmasini, shtatlar
sonini, shu jumladan boshqaruv xodimlarini, mehnatga haq to‘lash fondini,
xarajatlar smetasini, avtotransport vositalari limitini belgilash;
Boshqarma, idoraviy tashkilotlar faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ular tomonidan parametrlar bajarilishini hisobga olgan holda ularning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi, hajmi va shartlarini belgilash;
idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar
bo‘yicha tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish, , Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tadqiqotlar va so‘rovlar o‘tkazish;
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasiga oid loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish, joriy etish va qo‘llab-quvvatlash;
Respublika mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish kurslarida mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish;
Boshqarma va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan uchinchi shaxslarga pulli xizmatlar ko‘rsatganlik uchun tariflar va ularning hajmlarini belgilash tartibini O‘zbekistan Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilash;
yangi ish o‘rinlari tashkil etgan ish beruvchilarga, shuningdek aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga mansub shaxslarni, eng avvalo, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini, imkoniyatlari cheklangan shaxslarni, harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslarni ishga joylashtiruvchilarga ijtimoiy rag‘batlantirish, ish beruvchilarni Vazirlikning faxriy nishonlari, yorliqlari va guvohnomalari bilan taqdirlash, shuningdek ommaviy axborot vositalarida eng yaxshi ish beruvchilar to‘g‘risida materiallar joylashtirilishini tashkil etish choralarini ko‘rish;
ish beruvchilar o‘rtasida ijtimoiy javobgarlikni oshirishga hamda
yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholini ishga joylashtirish bo‘yicha
samarali faoliyatni kengaytirishga rag‘batlantirishni kuchaytirishga
qaratilgan tanlovlarni belgilangan tartibda o‘tkazish;
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, mehnat,
aholini ish bilan ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish va ish beruvchilar
fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish sohasida belgilangan
tartibda davriy nashrlar ta’sis etish;
mehnat, bandlik, ishga joylashtirish va mehnatni muhofaza qilish
masalalari bo‘yicha ijtimoiy reklama mahsulotlarini buyurtirish,
shuningdek ularni davlat ommaviy axborot vositalarida, stendlarda,
bannerlarda va aholi keng tanishishi mumkin bo‘lgan boshqa usullarda bepul
joylashtirish;
binolarga xizmat ko‘rsatish, inventar va xo‘jalik asboblarini,
avtotransportni, aloqa vositalarini, hisoblash, kompyuter va ofis
texnikasini ta’minlab turish va ulardan foydalanish, dasturiy ta’minot
xarid qilish, shu jumladan autsorsing shartlari asosida xarid qilish
bo‘yicha ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilishga ilmiy tashkilotlarni, olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
o‘z vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shunga o‘xshash xorijiy tadbirlarda ishtirok etish;
tadbirkorlik sohasining dolzarb va istiqbolli rivojlantirish muammolarini ishlab chiqish maqsadida ishchi guruhlarni tuzish;
mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hamda boshqa tashkilotlarning buyruqlari va boshqa hujjatlarini bekor qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda ko‘rsatmalar kiritish;
Internet jahon axborot tarmog‘ida va ijtimoiy tarmoqlarda belgilangan tartibda rasmiy veb-saytlar yaratish;
Hukumat topshirig‘iga binoan xalqaro tashkilotlarda O‘zbekistan Respublikasi manfaatlarini ifodalash hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va xalqaro huquq normalariga muvofiq boshqa davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan kambag‘allikni qisqartirish, mehnat va bandlik masalalari bo‘yicha shartnomalar tuzish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, davlat soliq xizmati organlarining yozma murojaatlari asosida maxsus vakolatli organlar bilan dastlabki kelishuvsiz tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatiy nazar tashkilotlarning bandlik, mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishini rejadan tashqari qisqa muddatli tekshiruvlar o‘tkazish;
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, shu jumladan O‘zbekistan Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga faoliyati yangi ish o‘rinlari tashkil etishga va aholini ish bilan ta’minlashga qaratilgan korxonalarni tashkil etish;
korrupsiya va boshqa suiiste’molliklarning oldini olish va ularga yo‘l
qo‘ymaslik, xodimning shaxsiy va ishchanlik xususiyatlarini, uning faoliyati
samaradorligini muntazam o‘rganish, shuningdek malakaga va Inspeksiya
faoliyatining turli yo‘nalishlarida ishlash tajribasiga ega kadrlar
zaxirasini shakllantirish maqsadida xodimlar rotatsiyasini amalga
oshirish;
kam foydalanilayotgan yoki rekonstruksiya yohud kapital ta’mirlashni (qayta jihozlashni) talab qiluvchi mavjud binolar, xonalarni o‘rnatilgan tartibda ijaraga berish;
davlat mulkining bo‘sh turgan ob’ektlarini, tizim tashkilotlarining faoliyat ko‘rsatmaydigan binolarini «nol» xarid qiymati bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilish to‘g‘risida takliflar kiritish;
yuridik shaxslarni ta’sis etish va ularning ishtirokchisi bo‘lish;
tizim tashkilotlari reytingini tuzish maqsadida ular faoliyatining samaradorligini oshirish mezonlarini tasdiqlash;
o‘z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar o‘tkazish, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan shunga o‘xshash tadbirlarda ishtirok etish;
Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
qonunlar, O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti hujjatlari, O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bajarish bo‘yicha Boshqarma hududiy bo‘linmalari va uning idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlari faoliyatini belgilangan tartibda o‘rganish va tekshirish;
Boshqarma hududiy bo‘linmalari va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlari rahbarlari va vakillari ishtirokida kengashlar o‘tkazish;
Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan hamda tezkor hal etishni talab qiladigan masalalar yuzasidan Boshqarma hududiy bo‘linmalari va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar rahbarlariga belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlangan konferensiya, forum, seminar va treninglar o‘tkazish, shu jumladan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga o‘tkazish, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, chet davlatlar hukumatlari, davlat organlari va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etish uchun bosh boshqarma va tizim tashkilotlari xodimlarini xorijga yuborish, shuningdek, boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bilan bog‘lik masalalar yuzasidan loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va milliy ekspertlarni jalb qilish.
Boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
12. Boshqarma davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi shart bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida qabul qilishga haqli.
Boshqarma zarur hollarda boshqa davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda chop etishga haqli.
13. Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
5-bob. Boshqarma rahbarlarining javobgarligi
14. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i (keyingi o‘rinlarda Boshliq deb ataladi) Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
15. Boshliq o‘rinbosarlari:
Boshqarma nazoratidagi tarkibiy bo‘linmalarda Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
o‘z funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
16. Apparatning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari tegishli tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun;
o‘z funksional majburiyatlari sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
6-bob. Boshqarma faoliyatini tashkil etish
17. Boshqarmaga Xorazm viloyat hokimi taqdimnomasiga binoan O‘zbekistan Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Boshqarma boshlig‘i rahbarlik kiladi.
18. Boshliqning O‘zbekistan Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ikki nafar o‘rinbosari bo‘ladi.
19. Boshliq bo‘lmagan davrda uning vakolatlari-Vazirning buyrug‘iga binoan tegishli o‘rinbosar tomonidan amalga oshiriladi.
20. Boshliq:
Boshqarma faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi va Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Boshqarma faoliyatining alohida yo‘nalishlari va uchastkalariga rahbarlik qilish va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar faoliyati uchun boshliq o‘rinbosarlari va Boshqarma tizimining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
o‘z vakolati doirasida Boshqarma tizimi xodimlari tomonidan ijro etilishi shart bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida markaziy apparat xarajatlar smetasini va shtat jadvalini tasdiqlaydi;
apparat bo‘linmalari, tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlarni, zaruratga ko‘ra Boshqarma tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar ustavlari (nizomlari)ni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Boshqarma tizimida belgilangan tartibda moliyaviy ishlarni tashkil etadi, idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarni, shuningdek mazkur sohadagi ilmiy tadqiqotlarni moliyaviy jihatdan ta’minlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
7-bob. Boshqarma tizimi xodimlarini moddiy-texnik ta’minlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari
21. Boshqarma tizimi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va mehnatiga haq to‘lash byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida O‘zbekistan Respublikasi Davlat byudjeti va Byudjetdan tashqari manbalar mablag‘lari hisobidan hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
