Boshqa hududga ishga ko‘chib o‘tgan xodimlarga kompensatsiyalar
2026-07-01 09:15:00 / Yangiliklar

📊Ish beruvchi bilan kelishuv asosida boshqa joyga ishga ko‘chgan xodimlar, shuningdek taqsimot asosida yashash joyidan boshqa hududga ishga yuborilgan ta’lim tashkilotlari bitiruvchilariga quyidagi xarajatlar qoplab beriladi:
✅ xodim va oila a’zolarining yo‘lkira xarajatlari;
✅ 500 kg gacha mol-mulkni tashish xarajatlari;
✅ yo‘lda bo‘lgan har bir kun uchun sutkalik to‘lov;
✅ uy-joy berilmagan taqdirda ijara xarajatlari;
✅ yangi ish joyi bo‘yicha bir oylik tarif stavkasi (maosh) miqdorida bir martalik nafaqa (ko‘tarma pul) hamda har bir oila a’zosi uchun maoshning uchdan bir qismi.
➡️ BATAFSIL
