“Kadrlarning korrupsiya illatiga qarşi xulq-atvorini şakllantiriş”
2026-11-11 10:35:00 / Yangiliklar

📌 Korrupsiyaga qarşi kuraşiş oyligi doirasida Toşkent şahar Kambağallikni qisqartiriş va bandlik boşqarmasida navbatdagi seminar-trening va davra suhbati taşkil etildi.
▫️ Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi tomonidan 10-noyabrdan 10-dekabrgaça “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş oyligi”, “Huquqiy madaniyat oyligi” hamda “Odob-axloq oyligi” ötkazilmoqda.
🔹 Mazkur oylik doirasida xodimlarning huquqiy bilimlarini oşiriş, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, xizmat faoliyatida halollik va yuksak odob-axloq tamoyillariga rioya etiş masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🎯 Seminar mavzusi:
“Kadrlarning korrupsiya illatiga qarşi xulq-atvorini şakllantiriş”
🎙 Seminar-trening va davra suhbatida ma’ruzaçi sifatida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasi Magistraturasi “Boşqaruv fanlari” kafedrasi professori, polkovnik Qobilov Şarif Rahimoviç iştirok etdi.
👨🏫 Tadbir davomida korrupsiyaning kelib çiqiş sabablari, uning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlaş va oldini oliş, şuningdek, xodimlarning korrupsiyaga qarşi barqaror xulq-atvorini şakllantiriş böyiça fikr va tavsiyalar bildirildi.
📚 Qobilov Şarif Rahimoviç — korrupsiya muammolari böyiça Özbekistondagi ilk professorlardan biri, Turon Fanlar akademiyasi akademigi. Olimning 122 ta kitobi naşr etilgan bölib, uning 2 ta darsligi va 7 ta öquv qöllanmasi “Yilning eng yaxşi darsligi va öquv adabiyoti muallifi” Respublika tanlovida 1-örinni egallagan.
🤝 Halollik — kasbiy mas’uliyat mezoni.
Korrupsiyaga qarşi kuraş faqatgina bir taşkilot yoki alohida xodimning emas, balki har birimizning umumiy vazifamizdir.
