#Mehnat_huquqi
2026-07-03 09:05:00 / Yangiliklar
Mehnat kodeksining 193-moddasiga (https://lex.uz/docs/6257288#6262506) ko‘ra, moslashuvchan ish vaqti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

🔹Moslashuvchan (o‘zgaruvchan) vaqt — ish kunining boshlanishi va tugashidagi vaqt bo‘lib, shu muddat oralig‘ida xodim o‘z xohishiga ko‘ra ishni boshlash va tugatishga haqlidir.
🔹Qat’iy belgilangan vaqt — moslashuvchan ish rejimida ishlovchilar ish joyida bo‘lishi shart bo‘lgan soatlar.
🔹Tanaffus va ovqatlanish vaqti — odatda ish vaqtining taxminan ikki qismiga ajratiladi va uning davomiyligi haqiqiy ish vaqtiga kiritilmaydi.
🔹Kalendar vaqti — ish kuni, hafta, oy, chorak kabi hisobga olish davri bo‘lib, shu davr ichida xodimga belgilangan ish soatlari normasini to‘liq bajarish majburiy.
