#Mehnat_huquqi
2026-06-03 16:30:00 / Yangiliklar
18 yoshga to‘lmagan xodimlar uchun mehnat cheklovlari 🚫

Mehnat kodeksining 417-moddasiga binoan, voyaga yetmagan xodimlarni:
⏺️ Xizmat safariga yuborish;
⏺️ Ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb qilish;
⏺️ Tungi ishlarga chiqarish;
⏺️ Dam olish va bayram kunlari ishlatish TAQIQLANADI.
✅ Istisno: Madaniyat, OAV va sport sohasidagi ijodiy xodimlar hukumat tasdiqlagan ro‘yxat asosida bu ishga jalb etilishi mumkin.
