#Rasmiy_munosabat
2026-06-25 11:50:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumanida joylashgan “Tashkent Index” (Indeks bozori)da O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalari o‘yinini tomosha qilish uchun Toshkent shahridagi barcha maktablarning erkak o‘qituvchilari tungi soat 22:00 da bo‘lishi kutilayotgan uchrashuvni tomosha qilish uchun soat 17:00 da borishga majbur qilinayotgani tanqid ostiga olingan tarqalgan murojaat yuzasidan Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz: Amaldagi qonunchilikka muvofiq, pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatiga aralashish va ularni xizmat vazifalariga aloqador bo‘lmagan ishlarga jalb etish taqiqlanadi.
Jumladan, pedagoglarni obodonlashtirish, qishloq xo‘jaligi ishlari hamda boshqa shu kabi vazifalarga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shu munosabat bilan tegishli mutasaddi tashkilotlar bildirilgan tashabbus amaldagi qonunchilikka zid ekanligi ma’lum qilinadi hamda belgilangan tartibda ogohlantirish yuborilishi ta’minlanadi.
