#Rasmiy_munosabat
2026-06-10 10:50:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda “Enter Engineering Pte. Ltd.” kompaniyasi ishchilariga oylik maosh bermayotgani, haqida murojaatlar asosida Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan tegishli tekshiruv va o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirlik Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan Toshkent shahri, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan 11 ta obekt hududida faoliyat yuritayotgan “Enter Engineering Pte. Ltd.” hamda unga aloqador jami 34 ta korxonalardagi ish haqi qarzdorligini undirish choralari ko‘rildi.
O‘tkazilgan tekshiruv va o‘rganishlar natijasida “Enter Engineering Pte. Ltd.” kompaniyasi tomonidan 12 754 nafar xodimga ish haqi undirib berildi.
Hozirgi kunda tekshirishlar davom ettirilmoqda va xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilmoqda.
