Boshqarma haqida

Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi:
Kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlikka ko‘maklashish sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, strategiya va dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish, hududlarning salohiyatini aholining kambag‘al qatlami daromadini oshirishga safarbar etish, “mahallabay” va “xonodonbay” ishlash tizimi orqali kambag‘al aholi bilan manzilli ishlash samaradorligini oshirish;
mahallabay ishlash orqali aholini daromadli mehnat bilan band qilish, mahallalarda tadbirkorlikka ko‘maklashish, tadbirkorlikni muhim drayverga aylantirishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
mehnat bozorini tartibga solish bo‘yicha siyosatni amalga oshirish, bandlikni ta’minlash va ishsizlikni kamaytirish instrumentlarini rivojlantirish, munosib mehnat tamoyillarini keng joriy qilish, mehnat munosabatlarini takomillashtirish, mehnat huquqlari, mehnat muhofazasi va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga (keyingi o‘rinlarda - bandlik vazirligiga) bo‘ysunadi.
3. Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan hududiy va idora bo‘ysunuvidagi bo‘linmalar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, o‘zining mustaqil balansiga, shaxsiy g‘azna hisob varaqlariga, bank hisob varaqlariga, shu jumladan xorijiy hisob varaqlariga ega.
5. Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi - Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikboshqarmasi, qisqartirilgani - Bandlik boshqarmasi;
b) ingliz tilida:
to‘liq nomi - Poverty Alleviation and Employment Department Samarqand region, qisqartirilgani - Directorate of Employment;
v) rus tilida:
to‘liq nomi - Управление занятости и сокращения бедности Самарқандской области, qisqartirilgani - Упрзанятости.
6. Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining joylashgan manzili (pochta): 140152, Samarqand shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 50-uy.
2-bob. Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tizimi.
7. Quyidagilar Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tizimiga kiradi:
Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining markaziy apparati;
Tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari;
Samarqand viloyati mintaqaviy kasbiy ko‘nikmalar markazi; Samarqand shahar kasbiy ko‘nikmalar markazi; Kattaqo‘rg‘on shahar kasbiy ko‘nikmalar markazi;
Bulung‘ur tuman kasbiy ko‘nikmalar markazi; Jomboy tuman kasbiy ko‘nikmalar markazi; Ishtixon tuman kasbiy ko‘nikmalar markazi.
Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga va tegishli ravishda Samarqand viloyati hokimligiga bo‘ysunadi va hisobot beradi.
8. Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi o‘z vazifalari va funksiyalarini bajarishda boshqa davlat va xo‘jalik bashqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
3-bob. Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining vazifalari va funksiyalari.
1-§. Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining vazifalari va funksiyalari
9. Quyidagilar Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) kambag‘allikni qisqartirish sohasida:
- kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha strategiya dasturlarni ishlab chiqish va amalga o shirish;
- aholi daromadlari tabaqalashuvini o‘rganish va maqsadli dasturlari bilan o‘zaro muvofiqlashtirish;
- kambag‘allikni qisqartirish borasida nodavlat sektori bilan hamkorlik qilish;
- hududlarning salohiyatini kambag‘al aholi daromadini oshirishga safarbar etish;
- "Kambag‘allikdan farovonlik sari"dasturi ijrosi bo‘yicha ishlash.
b) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:
- mahallabay ishlash tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish;
- og‘ir mahallalar bilan ishlash va oilalarni kambag‘allikdan chiqarish dasturlarini muvofiqlashtirish, xududlar bilan ishlash hamda xokim yordamchilari ko‘magida joylarda ishlarni samarali tashkil etish;
- aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
- tadbirkorlikni muhim drayverga aylantirishni yangi yondashuvlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- hududlarda ijara еr maydonlaridan va aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
- ijaraga berilgan еr maydonlarining suv bilan ta’minlanish holati, ekin turlari va еtishtiriladigan hosil bo‘yicha “onlayn mahalla” platformasida ma’lumotlar bazasini shakllantirish va doimiy monitoringini yuritish;
- mahalliy hokimliklar bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish.
v) aholi bandligiga ko‘maklashish va mehpat munosabatlari sohasida:
- mehnat resurslari balansini shakllantirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish dasturlarini shakllantirish;
- ishsizlarni bandligiga ko‘ maklashish;
- mexnat huquqlarini ximoya qilish, mehnat muxofazasi va xavfsiz mexnat sharoitlarini ta’minlash;
- milliy malaka tizimini rivojlantirish, ishsizlarni kasb-xunarga o‘qitish;
- fuqarolarni xorijga ishlashga ketishdan oldin tayyorlash, chet elda xaqhuquqlarini ta’minlash, xorijdan qaytganlarning bandligiga ko‘maklashish.
10. Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1) kambag‘allikni qisqartirish sohasida:
- iqtisodiy o‘sishning inklyuzivligini tahlil qilish va ta’minlash, davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish;
- kambag‘allikni qisqartirishning aniq dastak va mexanizmlarini ishlab chiqish, xorij tajribasini inobatga olgan holda kambag‘allik darajasini aniqlash mezonlari va baholash uslubiyotini, ijtimoiy ta’minotning minimal standartlari me’yoriy asoslarini ishlab chiqadi;
- milliy barqaror rivojlanishning maqsad va vazifalariga erishish choratadbirlarini amalga oshirish, yashash minimumi va minimal iste’mol savatchasini hisoblash metodologiyasini ishlab chiqish hamda aholi daromadlari tabaqalashuvini o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish hamda ularning davlat maqsadli dasturlari bilan o‘zaro muvofiqligini ta’minlaydi.
2) aholi bandligiga ko‘maklashish va mehnat munosabatlari sohasida:
- aholi bandligini ta’minlashga doir maqsadli kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish uchun davlat buyurtmasini va aholining ijtimoiy zaif katlamlarini ishga joylashtirish uchun kvotalar belgilash masalalarini amalga oshiradi;
- murojaat qilgan ishsizlarning ishga joylashtirilishini ta’minlash, aholini jamoat ishlarida ishtirok etishga jalb qilish, birinchi navbatda, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yo‘l va uy-joy-kommunal infratuzilma ob’ektlarini qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, shahar va tumanlarni obod qilish, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarini tashkil etish orqali jalb qiladi;
- ishga muhtoj shaxslarni, ayniqsa band bo‘lmagan yoshlarni, nogironligi bo‘lgan shaxslarni va ishsizlarni iqtisodiyot tarmoqlari va mehnat bozorining real ehtiyojlaridan kelib chiqib, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish masalalari bilan shug‘ullanadi;
- mehnat bozorini tartibga solish, bandlik, mehnat munosabatlari, mehnatni muhofaza qilish, kasb va mehnat standartlari, gender tenglikka rioya etishni ta’minlash, band bo‘lmagan aholini kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish sohasida bozor shart- sharoitlariga mos keladigan normativhuquqiy hujjatlarni tezlikda ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek ular
yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
- ishga joylashtirish jarayoniga ilg‘or axborot texnologiyalarini faol jalb kilish, shu jumladan milliy mehnat tizimini va vakansiyalar Milliy bazasini yuritishni nazarda tutuvchi dasturiy majmuani yaratish hamda muntazam rivojlantirib boradi;
- mehnat va bandlikni muhofaza qilish, mehnat sharoitlarini ekspertizadan o‘tkazish, mehnat munosabatlarini, mehnatni moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq chora- tadbirlarni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
- mehnat standartlarini joriy etish va mehnat munosabatlarini takomillashtiradi;
- mehnat, bandlik va mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash masalalari bo‘yicha shug‘ullanadi;
- mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha aholi va ish beruvchilar urtasida keng axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi:
3) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:
- viloyatda tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida davlat siyosatini yuritadi;
- og‘ir mahallalar bilan ishlash va oilalarni kambag‘allikdan chiqarish dasturlarini muvofiqlashtirish, xududlar bilan ishlash hamda xokim yordamchilari ko‘magida joylarda ishlarni samarali tashkil etadi;
- mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va o‘qitish hamda o‘zini- o‘zi band qilish faoliyatiga yo‘naltiradi;
- hududlarda ijara еr maydonlaridan va aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etadi;
- ijaraga berilgan еr maydonlarining suv bilan ta’minlanish holati, ekin turlari va еtishtiriladigan hosil bo‘yicha “onlayn mahalla” platformasida ma’lumotlar bazasini shakllantirish va doimiy monitoringini yuritadi;
- mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida qonunchilikda belgilangan tartibda davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
11. Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shuningdek hududiy bo‘linmalar va uning buysunuvidagi boshqa tashkilotlar orqali o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi.
12. Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
2-§. Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh
