Urgut tumanida istiqbolli loyihalar faoliyati o‘rganildi
2026-07-07 10:00:00 / Yangiliklar

📍Urgut tumanida istiqbolli loyihalar faoliyati o‘rganildi
Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i R. Mahqulov Urgut tumanida bo‘lib, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan bir qancha loyihalar bilan tanishdi.
📎Dastlab “Algar” mahallasi faoliyati, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish hamda takroriy ekinlar parvarishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
🖇Shundan so‘ng “Quyi Algar” mahallasida amalga oshirilayotgan mikroloyiha hamda MAROQAND DOORS” MChJda yo‘lga qo‘yilgan MDF eshiklari ishlab chiqarish loyihasi faoliyati o‘rganilib, loyiha doirasida yaratilgan yangi ish o‘rinlari hamda aholi daromadlarini oshirishga xizmat qilayotgan tashabbuslar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qildi.
🔖O’rganishlar yakunida hududlarda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi daromadlarini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
