Oqdaryo tumanida aholi tomorqalari va ijara yerlaridan samarali foydalanish holati o‘rganildi
2026-07-09 17:00:00 / Yangiliklar

📍 Oqdaryo tumanida aholi tomorqalari va ijara yerlaridan samarali foydalanish holati o‘rganildi
Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i R. Mahqulov Oqdaryo tumanida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish holatlarini o'rgandi.
📎O‘rganishlar davomida "Temirak" mahallasida aholi tomorqalarida tashkil etilgan issiqxona xo‘jaliklari faoliyati ko‘zdan kechirildi. 🍅Issiqxonalarda yetishtirilayotgan mahsulotlar, ishlab chiqarish jarayoni, aholi bandligi va oilalar daromadini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🌱Shuningdek, "Primkent" mahallasida "Bir kontur – bir mahsulot" tamoyili asosida ijaraga berilgan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligi o‘rganildi.
Ekinlarni parvarishlash, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda yuqori hosildorlikka erishish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
