Aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv kursi
2026-07-17 10:00:00 / Yangiliklar

Aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv kursi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, Xalq qabulxonalari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida hududiy rahbarlar uchun 3 kunlik o‘quv kursi tashkil etildi.
Unda viloyat, tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari rahbarlari ishtirok etdi.
O‘quv dasturi hududiy rahbarlarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, korrupsiyaning oldini olish hamda zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini amaliyotga joriy etishga qaratildi.
Dastur davomida quyidagi mavzular qamrab olindi:
▫️ natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv, bandlik va kambag‘allikni qisqartirishning yangi yondashuvlari;
▫️ kambag‘allikni qisqartirish va bandlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurash: halollik va adolat mezonlari;
▫️ davlat siyosati hamda qabul qilinayotgan qarorlarning sohani rivojlantirishdagi ahamiyati;
▫️ kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini samarali amalga oshirishda rahbarlarning mas’uliyati.
Mazkur o‘quv kursi hududlarda boshqaruv samaradorligini oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini tizimini takomillashtirish hamda kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash borasidagi islohotlar ijrosini jadallashtirishga xizmat qiladi.
