Vazirlik haqida
Umumiy qoidalar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik) Qoraqalpog‘iston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat munosabatlarini tartibga solish hamda mehnatni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi hududiy davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Vazirlik o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbarligi va muvofiqlashtiruvi ostida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlari tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari hamda bank hisobvaraqlariga ega.
Vazirlik tuzilmasi
Quyidagilar Vazirlik tizimiga kiradi:
- Vazirlikning markaziy apparati;
- Amudaryo tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi;
- Beruniy tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi;
- Bo‘zatov tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi;
- Chimboy tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi;
- Ellikqal’a tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi;
- Kegeyli tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi;
- Mo‘ynoq tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi;
- Nukus tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi;
- Qanliko‘l tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi;
- Qorao‘zak tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi;
- Qo‘ng‘irot tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi;
- Shumanay tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi;
- Taxtako‘pir tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi;
- To‘rtko‘l tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi;
- Xo‘jayli tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi;
- Nukus shahri Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi;
- Taxiatosh shahri Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi.
Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
- O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining yagona davlat siyosatini hududda amalga oshirish;
- mehnat bozorini o‘rganish, band va ishsiz aholi hisobini yuritish hamda hududiy tahlillarni amalga oshirish;
- aholi bandligini ta’minlash, bo‘sh ish o‘rinlari hisobini yuritish va fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha hududiy tadbirlarni tashkil etish;
- kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha dasturlar va loyihalarni hududda amalga oshirish hamda ularning ijrosini muvofiqlashtirish;
- mahallalardagi hokim yordamchilari faoliyatini uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish;
- kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish, kasbiy malakani oshirish hamda malakani baholash tizimini hududda joriy etish;
- mehnat munosabatlari, mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatni muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish;
- fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish;
- O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan yuklatilgan boshqa vazifalarni belgilangan tartibda amalga oshirish.
