HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
2026-11-10 15:50:00 / Yangiliklar
Qoraqalpoğiston Respublikasi Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi hamda Özbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy bölimi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandumning asosiy maqsadi nogironligi bölgan şaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ularning bandligini ta’minlaş, kasb-hunarga öqitiş, tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş hamda jamiyat hayotida faol iştirok etişi uçun keng imkoniyatlar yaratişdan iborat.
Şuningdek, hamkorlik doirasida nogironligi bölgan şaxslarning muammolarini örganiş, ularni hal etiş böyiça amaliy çora-tadbirlarni işlab çiqiş, huquqiy va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş işlarini yanada kuçaytiriş nazarda tutilgan.


