21-oktabr – O‘zbek tili bayrami
2026-10-19 17:35:00 / Yangiliklar
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining xodimlari ishtirokida “Ommaviy diktant” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida xodimlar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida diktant yozib, o‘z savodxonliklarini sinovdan o‘tkazdilar.
Mazkur tadbir davlat tiliga bo‘lgan hurmatni yanada oshirish, o‘zbek tilining nufuzini yuksaltirish hamda xodimlarning yozma savodxonligini mustahkamlashga xizmat qiladi.




