KEGEYLI TUMANIDA USKUNALAR YARMARKASI O‘TKAZILDI
2026-10-15 15:40:00 / Yangiliklar
Kegeyli tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolar daromadini ko‘paytirish maqsadida uy sharoitida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan qulay asbob-uskunalar yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada fuqarolarga o‘zini o‘zi band qilish, kichik biznesni yo‘lga qo‘yish va oilaviy daromadini oshirish imkonini beradigan asbob-uskunalar namoyish etildi.
Ushbu jihozlar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ssuda va subsidiyalar asosida, ishsiz fuqarolarga esa imtiyozli kreditlar orqali ajratilishi ko‘zda tutilgan.


