Mahallalarda tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
2026-08-11 16:15:00 / Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Axborot xizmati mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tadbir davomida Nukus shahridagi “Tele oray” va “Amanlıq guzarı” MFYlarda bo‘lib, hokim yordamchilari ko‘magida yo‘lga qo‘yilgan tadbirkorlik faoliyati hamda fuqarolarning tashabbuslari bilan tanishildi.





