Nukusda bandlik va tadbirkorlik yarmarkasi o‘tkazildi
2026-08-04 18:30:00 / Yangiliklar

Mazkur yarmarkada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda hududiy bo‘limlar tomonidan fuqarolarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etilib, ularni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur ma’lumot va maslahatlar berildi.
Shuningdek, tijorat banklari mutaxassislari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarga imtiyozli kreditlar va davlat subsidiyalaridan foydalanish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Mehnat yarmarkasida 441 ta korxona va tashkilot 1 732 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. 439 nafar ishsiz fuqaro qatnashgan tadbirda 103 nafar fuqaro doimiy ishga joylashish uchun yo‘llanma oldi, 20 nafari kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirildi.
Shuningdek, fuqarolarga mehnat va bandlik masalalari bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.





