Kegeyli tumanida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi
2026-07-31 14:40:00 / Yangiliklar
Kegeyli tumani "Yoshlar markazi" binosida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi tashabbusi bilan yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.

Yarmarkada tumandagi 21 korxona ishtirok etib, 73 bo‘sh ish o‘rni taqdim etildi.
Tadbirda 14 nafar ishsiz fuqaro ishtirok etib, natijada, 7 nafar fuqaroga doimiy ishga yo‘llanma berildi. 7 nafar fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi.
Mehnat bozorida aholi bandligini ta’minlash, yoshlarni doimiy ish bilan qamrab olish va ularning kelajagiga ko‘maklashish bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda.

