Xalqaro delegatsiya bilan amaliy uchrashuv o‘tkazildi
2026-07-30 11:00:00 / Yangiliklar
Fransiya Taraqqiyot Agentligi (FTA) tomonidan jalb qilingan xalqaro konsalting konsorsiumi – “INOMER” delegatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida ham bo‘ldi.

Tashrif davomida “INOMER” konsorsiumi prezidenti Shirin Elchi boshchiligidagi delegatsiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri O. Kazakbaev bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va kasb-hunarga o‘qitish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar hamda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, mehmonlar Nukus shahridagi 3-sonli texnikumda bo‘lib, o‘quv xonalari, yaratilgan sharoitlar va kasb-hunar o‘rgatish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv yakunida delegatsiya vakillari amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi.



