Grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha seminar tashkil etildi
2026-07-29 19:10:00 / Yangiliklar

Tadbir Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Tashqi beg‘araz yordam mablag‘lari (grant)ni jalb qilish va donorlar bilan ishlash markazi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida o‘tkazildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga grant mablag‘larini jalb qilish, loyiha ishlab chiqish va grant arizalarini tayyorlash, shuningdek, xalqaro donor tashkilotlar bilan samarali hamkorlik qilish bo‘yicha zarur tushuncha va tavsiyalar berildi.
Tadbir so‘ngida vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassisi tomonidan hokim yordamchilarining faoliyatida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda xizmat vazifalarini halollik va qonuniylik tamoyillari asosida amalga oshirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.


