PRESS-RELIZ
2026-07-28 18:15:00 / Press-relizlar
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2026-yilning yanvar–iyun oylarida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Hisobot davrida 15 ming 871 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 25 ming 825 ta norasmiy ish o‘rni legallashtirildi, 69 ming 714 nafar fuqaroning daromadi oshirildi. Shuningdek, 3 mingdan ortiq ishsiz yoshlar kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitildi.
Mahallalarda qiymati 307,5 mlrd so‘mlik 2 251 ta loyiha amalga oshirilib, 6 430 nafar fuqaroning daromadi oshirildi. Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 3,4 trln so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.
Aholi bandligini ta’minlash maqsadida 100 dan ortiq mehnat yarmarkalari o‘tkazilib, ularda 1 700 ta korxona va tashkilot 5,5 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Natijada qariyb 2 700 nafar ishsiz yoshning bandligi ta’minlandi.
Kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash doirasida 15 ming 164 ta oilaga 20 mingdan ortiq xizmat ko‘rsatilib, 6,9 ming fuqaro ishga joylashtirildi, 12,2 ming nafarga subsidiya va kreditlar ajratildi, 10,2 ming fuqaro tadbirkorlikka jalb etildi.
Amalga oshirilgan tizimli chora-tadbirlar natijasida Qoraqalpog‘istonda ishsizlik darajasi 5 foizdan 4,6 foizga, kambag‘allik darajasi esa 6,6 foizdan 4 foizga kamaytirildi.
