Fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinmoqda
2026-07-28 18:30:00 / Yangiliklar
Bo‘zatov tumanida "Ijtimoiy profilaktika haftaligi" doirasida amaliy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi B.Ubbiniyazov, tuman prokurori J.Ashirbayev, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i U.Kurbanbayeva, tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Arziyev hamda tuman hududidagi muassasa, tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida aholi bandligini ta’minlash va ishsizlikning oldini olish maqsadida "Bo‘sh ish o‘rinlari" mehnat yarmarkasi tashkil etilib, unda 10 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi.
So‘ngra ushbu tadbir doirasida tumandagi 4 ta sektor rahbarlari ishtirokida fuqarolar murojaatlari qabul qilindi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 yanvardagi PQ-1-sonli qarorining ahamiyati keng tarzda tushuntirildi hamda ijtimoiy profilaktikani kuchaytirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dolzarb masalalar haqida tushunchalar berildi.

