Imkoniyatlardan unumli foydalangan ayol
2026-07-07 18:30:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus qarori asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov, Qonliko‘l, Mo‘ynoq va Shumanay tumanlarida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida oilaviy kreditlar 12% stavkada ajratilishi belgilangan edi.

Bugungi kunda ushbu qaror asosida yaratilgan keng imkoniyatlar xalqimiz bandligini ta’minlash, xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va oilalarning daromad manbalarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Ishning ko‘zini bilganlarning biri - Shumanay tumanining "Aybo‘yir" QFY hududida yashovchi Shayda Avezova bo‘lib hisoblanadi. U yuqoridagi ibratli tashabbusdan unumli foydalanib, 50 million so‘m miqdorida 12 foizlik imtiyozli kredit oldi va sport kiyimlari tikish sexini ishga tushirdi.
