Kegeylida zamonaviy issiqxona majmuasi foydalanishga topshirildi
2026-07-03 12:05:00 / Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani “Juzimbag‘” ovul fuqarolar yig‘ini hududida zamonaviy issiqxona majmuasi ishga tushirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tashkil etilgan 5 gektarlik issiqxona orqali Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 50 ta oilaning mehnatga layoqatli a’zolari doimiy ish bilan ta’minlandi.
Loyiha doirasida har bir oilaga 10 sotixdan yer maydoni ajratilib, ularda bodring va pomidor yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Natijada oilalar nafaqat doimiy bandlikka, balki o‘z mehnati evaziga barqaror daromad manbaiga ham ega bo‘lmoqda.
