Boshqarma haqida

Qashqadaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi toʼgʼrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Qashqadaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining (keyingi oʼrinlarda — Boshqarma deb, yuritiladi) maqomi, asosiy vazifalari, funktsiyalari, huquqlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibi, shuningdek, rahbarlarining huquqlari, funktsional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
2. Boshqarma oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga (keyingi oʼrinlarda — Vazirlik deb, yuritiladi) hamda tegishliligi boʼyicha viloyat hokimligiga boʼysunadi.
3. Boshqarma oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirligining buyruqlari, shuningdek, Qashqadaryo viloyati hokimligining farmoyishi, qarorlari, ushbu Nizom hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga amal qiladi.
4. Boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʼz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansiga, shaxsiy gʼazna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga ega boʼladi.
5. Boshqarmaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʼliq nomi — Qashqadaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, qisqartirilgani — Bandlik boshqarmasi;
2-bob. Boshqarma tuzilmasi
7. Boshqarma tizimiga quyidagilar kiradi:
Boshqarma apparati;
Tuman (shahar) kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʼlimlari.
Boshqarma hamda tuman (shahar) kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʼlimlari Vazirlikka va tegishli ravishda shahar hamda tuman hokimliklariga boʼysunadi va hisob beradi.
8. Boshqarma oʼz vazifalari va funktsiyalarini bajarishda xoʼjalik boshqaruvi va davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
3-bob. Boshqarma va tuman (shahar) kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʼlimlarining vazifalari va funktsiyalari
9. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funktsiyalarning samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;
kambagʼallik darajasini qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi va ular vakolatiga kiradigan boshqa masalalarga doir qonunchilik hujjatlariga, normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish yuzasidan monitoring va nazoratni amalga oshirish;
tuman kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʼlimlari (keyingi oʼrinlarda – tuman (shahar) boʼlimlari deb, yuitiladi) faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
bandlikka koʼmaklashish, oʼqitish va malaka oshirish, malakani baholash xizmatlari uchun davlat buyurtmasini shakllantirish boʼyicha tuman (shahar) boʼlimlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tahlil qilish;
tuman (shahar) boʼlimlarida moliyaviy nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;
aholi tomorqasi va dehqon xoʼjaliklari yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish.
10. Boshqarma oʼziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
Boshqarma faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlaydi hamda unga rahbarlik qiladi;
