Yoshlar uchun kasb o‘rganish bo‘yicha yangi imkoniyatlar
2026-11-05 09:50:00 / Yangiliklar

Yoshlar uchun kasb o‘rganish bo‘yicha yangi imkoniyatlar
Qarshi shahri Kasbiy ko‘nikmalar markazi yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qishga taklif etadi. Endilikda ishlayotgan, ishsiz yoki ta’lim olayotgan yoshlar ham qo‘shimcha kasb egallash imkoniyatiga ega.
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgan:
– surdotarjimon;
– vizajist (stilist–kosmetolog);
– massajchi
– kompyuter texnikasi montajchisi;
– chilangar–santexnik;
– avtomobillarni ta’mirlovchi chilangar;
– kran mashinisti (kranchi);
– AutoCAD dasturi;
– kadrlar va maxsus ishlar bo‘yicha inspektor;
– karving san’ati ustasi;
– kompyuter grafikasi mutaxassisi;
– erkaklar sartaroshi;
– buxgalter (o‘rta malakali);
– ayollar sartaroshi (modelyer);
– payvandlovchi;
– maishiy texnikalarni chilangar-yig‘uvchisi;
– burg‘ulash qurilmasi mashinisti;
– zamonaviy pardalar tikish;
– lift bo‘yicha mexanik;
– quyosh panellari mutaxassisi;
– issiqxona ishchisi;
– xorijiy tillar (rus, ingliz, nemis);
– qozonxona ishchisi.
Olis hududlardan kelib tahsil oladigan yoshlar uchun bepul yotoqxona mavjud.
📍Batafsil ma’lumot uchun Qarshi shahri Kasbiy ko‘nikmalar markaziga murojaat qiling.
📞 Aloqa: 55-401-61-70 | 97-719-97-73
