RASMIY MUNOSABAT
2026-08-25 14:10:00 / Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda G‘uzor tumanidagi “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish zavodi”da mehnat faoliyati yuritib kelgan II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingani yuzasidan murojaat e’lon qilingan.
Mazkur murojaatda keltirilgan holatlar Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilmoqda.
O‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishi hamda murojaat muallifiga qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilinadi.