| Obod mahalla — obod hudud va farovon hayot poydevori
2026-08-22 12:30:00 / Yangiliklar

| Obod mahalla — obod hudud va farovon hayot poydevori
"Dolzarb 40 kunlik” doirasida Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi jamoasi tomonidan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi.
Boshqarma binosi va unga tutash hududlar tartibga keltirilib, daraxtlar parvarish qilindi, gulzorlar va yashil maydonlar obod qilindi, hudud begona o‘tlar va chiqindilardan tozalandi.
Mazkur tashabbus hududlarda ozodalik va obodlikni ta’minlash, yashash uchun qulay va fayzli muhit yaratish, jamoatchilikning bunyodkorlik ishlaridagi faolligini oshirishga qaratilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish oldidan hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada jadallashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi jamoasi “Dolzarb 40 kunlik” doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etib, obod va ozoda muhit yaratishga qaratilgan amaliy ishlarni izchil davom ettirmoqda.
🇺🇿 Obodlik — barchamizning umumiy ishimiz!
