Bugundan uy-joy subsidiyasiga arizalar qabuli boshlandi!
2026-07-28 15:15:00 / Yangiliklar

Bugundan uy-joy subsidiyasiga arizalar qabuli boshlandi!
💰 Ipoteka kreditlari boʻyicha ajratilgan, ammo foydalanilmay qolgan xabarnomalar hisobidan yangidan ariza topshirish imkoniyati ochildi.
📆 Arizalar qabuli bugun soat 15:00 dan boshlandi.
👉 Ariza topshiruvchiga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilar:
✅Ijtimoiy ball: Baholash natijasida 30 va undan yuqori ball toʻplashi lozim;
✅Kredit tarixi: Dasturda qatnashayotgan kamida bitta tijorat bankining ichki talablariga mos kelishi kerak;
✅Uy-joy yoʻqligi: Ariza beruvchi va uning turmush oʻrtogʻi nomida respublika boʻylab koʻchmas mulk boʻlmasligi shart;
✅Daromad darajasi: Oʻrtacha oylik daromad belgilangan ijtimoiy mezonlar doirasida boʻlishi zarur.
👉 Arizani topshirishda oʻzingizga qulay usulni tanlang:
🗄 my.gov.uz portali orqali onlayn;
🗄 MyGov mobil ilovasi orqali istalgan joydan;
🗄 Davlat xizmatlari markazlariga bevosita tashrif buyurgan holda.
