Bugun Pusan shahrida o‘tkazilayotgan YUNЕSKO Umumjahon merosi qo‘mitasining 48-sessiyasida mamlakatimiz uchun juda muhim voqea ro‘y berdi.
2026-07-27 09:30:00 / Yangiliklar

Bugun Pusan shahrida o‘tkazilayotgan YUNЕSKO Umumjahon merosi qo‘mitasining 48-sessiyasida mamlakatimiz uchun juda muhim voqea ro‘y berdi.
Toshkentning modernizm me’morchiligi obyektlari ushbu tashkilotning nufuzli Xalqaro ro‘yxatiga rasman kiritildi. Ta’kidlash joizki, so‘nggi 25 yilda O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan milliy nominatsiya ilk bor shunday yuksak maqomga sazovor bo‘ldi.
Bu faqatgina bir nechta binoning emas, zilziladan keyingi Toshkentning qayta bunyod etilishi bilan bog‘liq butun bir davrning e’tirofidir. O‘sha yillari poytaxtimiz zamonaviy arxitektura, Markaziy Osiyo an’analari va o‘ziga xos iqlim xususiyatlarini mujassam etgan butkul yangi va betakror qiyofa kasb etgan.
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi navbatdagi g‘alabasi – boy me’moriy merosimizni asrab-avaylash, kelajak avlodga bezavol yetkazish yo‘lidagi yana bir muhim qadam xayrli va bardavom bo‘lsin!
—
Сегодня в Пусане на 48-й сессии Комитета всемирного наследия ЮНЕСКО произошло важное для нашей страны событие.
Объекты модернистской архитектуры Ташкента официально внесены в престижный международный Список этой организации. За последние 25 лет данная национальная номинация от Узбекистана стала первой, получившей столь высокий статус.
Это признание ценности не только отдельных зданий, а целой эпохи, когда после землетрясения был создан новый облик Ташкента, сумевший объединить современную архитектуру, традиции Центральной Азии и особенности нашего климата.
Это большая победа для Узбекистана и важный шаг к сохранению нашего архитектурного наследия для будущих поколений.
