Fuqarolar murojaatlari e'tibor markazida: Karmana tumanida sayyor qabul o'tkazildi
2026-07-30 17:20:00 / Yangiliklar

Fuqarolar murojaatlari e'tibor markazida: Karmana tumanida sayyor qabul o'tkazildi
Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Ummatoy Yo'ldosheva tomonidan aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda o'rganish maqsadida Karmana tumanining Yangi Ariq mahallasida sayyor qabul bo'lib o'tdi.
Sayyor qabul davomida 30 nafarga yaqin fuqarolar tomonidan bandlikni ta'minlash, ish haqlarini undirish, kasb-hunarga o'qitish, imtiyozli kredit, subsidiya va ssudalar ajratish bilan bog'liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Qabul jarayonida murojaatlarning asosiy qismi joyida ko'rib chiqilib, fuqarolarga amaliy yordam va huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo'shimcha o'rganishni talab etadigan masalalar esa belgilangan tartibda nazoratga olinib, ularning ijrosini ta'minlash yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tadbir yakunida fuqarolarning ma'naviy-ma'rifiy dunyoqarashini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini keng targ'ib etish maqsadida ishtirokchilarga kitoblar sovg'a qilindi.
Bunday sayyor qabullar fuqarolar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, ularning muammolariga tezkor yechim topish hamda aholi bandligini ta'minlash va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
