Qizilrabot mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
2026-07-24 10:45:00 / Yangiliklar

Qizilrabot mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
Navbahor tumani Qizilrabot mahallasida Navoiy viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev rahbarligida, tegishli tashkilot va idoralar mas'ullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda Prezidentimiz tomonidan 16-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlash, mahallada kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni oshirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida ishsizlik va kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda har bir xonadonni xatlovdan o‘tkazish, fuqarolarning muammolarini manzilli o‘rganish va ularni amaliy hal etish yuzasidan mas'ullarga aniq vazifalar belgilandi.
Shuningdek, mahallani obodonlashtirish, uy-joylarni ta'mirlash va oqlash, hududlarning sanitariya holatini yaxshilash, aholini ozodalikka rioya etishga jalb qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Yig‘ilish yakunida har bir ishsiz fuqaroning bandligini ta'minlash, kambag‘al oilalarni doimiy daromad manbaiga ega qilish, kambag‘allik reyestrida turgan fuqarolarning uy-joylarini ta'mirlashga ko‘maklashish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar yuklatildi.
