Yoshlar murojaatlari – e'tibor va amaliy yechim markazida
2026-07-23 17:00:00 / Yangiliklar

Yoshlar murojaatlari – e'tibor va amaliy yechim markazida
“Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan Navoiy viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev rahbarligida Karmana tumanining Ayronchi mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuvda 10 ga yaqin yosh ishtirok etib, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kreditlardan foydalanish, kasb-hunar egallash hamda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan o‘z murojaat va takliflarini bildirdi.
Har bir murojaat boshqarma rahbari tomonidan atroflicha tinglanib, masalalar yuzasidan huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olinib, ularni ijobiy hal etish uchun mas’ul xodimlarga aniq vazifalar yuklatildi.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda davlat va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
