Kambag'allikni qisqartirish va bandlik tizimidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi
2026-07-21 10:20:00 / Yangiliklar

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik tizimidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi
Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i Lutfullo Xayrullayev rahbarligida tizimdagi dolzarb masalalarga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi.
Unda boshqarma mas'ul xodimlari hamda shahar va tuman bo'limlari boshliqlari ishtirok etdi.
Yig'ilish davomida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, mikroloyihalarni amalga oshirish, kasb-hunarga o'qitish, "Mening ishim" va "Oson ish" platformalari faoliyatini yanada takomillashtirish, tomorqa va ijara yer maydonlaridan samarali foydalanish va ekinlarni o'z vaqtida ekilishi, kambag'allikni qisqartirish borasidagi ustuvor vazifalar hamda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Muhokamalar yakunida har bir yo'nalish bo'yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarni o'z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriq va ko'rsatmalar berildi.
