Norin tumanidagi “Yangi Namangan” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
2026-11-17 10:30:00 / Yangiliklar

“Yangi Namangan” da sayyor qabul o‘tkazildi
Namangan viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Zafar Ikramov Norin tumanidagi “Yangi Namangan” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabul davomida 17 nafar fuqaro bandlik, subsidiya, imtiyozli kredit, auksion orqali yer olish hamda issiqxona tashkil etish kabi masalalar yuzasidan murojaat qildi.
Murojaatlarning 7 tasi mahallaning o‘zida ijobiy hal etildi. Qolgan 8 ta murojaatni o‘rganish va yechimini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilish va tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan ikki nafar ayolga shu yerning o‘zida ssuda asosida zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi.
Bunday sayyor qabullar fuqarolar muammolarini bevosita yashash joyida o‘rganish, murojaatlarga tezkor yechim topish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirishga xizmat qiladi.
🔗 https://t.me/NamanganBandlik






