📍 Xonobod mahallasida ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-11-20 09:50:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan Namangan tumanidagi Xonobod mahallasida ishsiz yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
🤝 Muloqot davomida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, davlat tomonidan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
☑️ Bunday manzilli uchrashuvlar yoshlar bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish hamda ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishga xizmat qiladi.
https://t.me/NamanganBandlik


