🌳 “Yashil makon” — yashil kelajak sari muhim qadam
2026-11-20 15:00:00 / Yangiliklar

Pop tumanidagi “Orom” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida korxona va tashkilotlar ishtirokida “Yashil belbog‘” tashkil etish maqsadida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.
🌱 Mazkur tadbirda Namangan viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etib, o‘zlariga biriktirilgan hududga manzarali daraxt ko‘chatlarini ekdilar.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirish hamda katta yo‘l bo‘ylarida yashil hududlar maydonini kengaytirishdan iborat.
Zero, bugun ekilgan har bir nihol — ertangi kunning musaffo havosi va yashil kelajagi demakdir! 🌿





