Pop tumanida 380 ta böş iş örni taklif etilgan mehnat yarmarkasi ötkazildi.
2026-11-11 09:30:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov Pop tumanidagi işçi örganişlari davomida Paxtakor mahallasidagi Pop Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi binosida taşkil etilgan böş iş örinlari mehnat yarmarkasi faoliyati bilan tanişdi.
Mehnat yarmarkasida tumandagi 51 ta taşkilot va muassasa iştirok etib, iş izlayotgan yoşlarga jami 380 ta böş iş örni taklif etdi.
Taʼkidlaş joizki, yarmarka Bandlik bölimi va Soliq inspeksiyasi hamkorligida taşkil etilgan bölib, unda yoşlar bandligini taʼminlaş, mavjud böş iş örinlarini töldiriş, şuningdek, tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikni kuçaytiriş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Örganiş jarayonida mehnat yarmarkalari samaradorligini oşiriş, işsiz fuqarolarni munosib iş örinlariga yönaltiriş va bandlik körsatkiçlarini yaxşilaş yuzasidan masʼullarga tegişli vazifalar belgilab berildi.









