Kambagʻallikni qisqartirish — xonadonbay ishlashdan boshlanadi
2026-09-09 09:00:00 / Yangiliklar
Kambagʻallikni qisqartirish — xonadonbay ishlashdan boshlanadi

Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Pop tumanida ham kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish shtabi tomonidan xonadonlarda xatlov ishlari boshlandi.
Dastlab Xoʻjaobod mahallasi “yettiligi” bilan vazifalar muhokama qilinib, kambagʻal va ijtimoiy reestrdagi oilalar bilan manzilli ishlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish boʻyicha aniq topshiriqlar berildi.
Maqsad — har bir xonadonga kirib borish, muammoni aniqlash va daromad manbasini yaratish.




