“Sherbuloq” mahallasida hunarmandchilik rivojlanmoqda
2026-09-09 11:55:00 / Yangiliklar
“Sherbuloq” mahallasida hunarmandchilik rivojlanmoqda

Yangi Namangan tumanida aholi bandligini taʼminlash, yoshlarni kasb-hunarga oʻrgatish va hunarmandchilikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Jumladan, “Sherbuloq” mahallasida 2009-yildan buyon faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Qosimov Nasimxon yoshlarga hunar sirlarini oʻrgatyapti. Uning ustaxonasida ayni paytda 4 kishi doimiy ish bilan taʼminlangan, yana 4 kishi ustoz-shogird anʼanasi hunar egallayapti. Tayyorlanayotgan mahsulotlar esa ichki bozorga yetkazib berilmoqda.
Mahalladagi bunday faoliyat yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va yoshlarni kasb-hunarga jalb etish bilan bir qatorda, ustoz-shogird anʼanalarini davom ettirishga xizmat qilmoqda.



