Bandlik: “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi
2026-09-09 10:00:00 / Yangiliklar

Namangan tumanidagi “Nuroniylar” maskanida ishsiz fuqarolar, kambagʻal oilalar aʼzolari, uyushmagan yoshlar hamda bitiruvchilar uchun “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi” oʻtkazildi.
Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etib, yarmarkada yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.
Yarmarkada 82 ta korxona va tashkilot tomonidan 1200 dan ortiq boʻsh ish oʻrni taklif etildi. Fuqarolar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilib, oʻzlariga mos ish oʻrinlari haqida maʼlumot oldilar.
Shuningdek, ish izlovchilarga kasb-hunarga oʻqish, oʻzini oʻzi band qilish va tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha tavsiyalar berildi. Tijorat banklari vakillari esa tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar olish imkoniyatlari haqida tushuntirishlar olib bordilar.



