Gruziyada yoshlar bandligi bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganildi
2026-08-13 10:10:00 / Yangiliklar

✔️Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Ummatoy Yoʻldosheva hamrohligida “Yilning eng yosh faol xodimi” respublika koʻrik-tanlovi gʻoliblari — Dadaxon Qurombayev (Xorazm), Javohir Muhiddinov (Jizzax) va Shaxzodbek Abdullayev (Namangan) Gruziyada malaka oshirish dasturida ishtirok etdi.
✔️Tashrif davomida delegatsiya Gruziyaning Innovatsiyalar va texnologiyalar agentligi (GITA), Tbilisi Tech Park, Taʻlim, fan va yoshlar vazirligi hamda Yoshlar agentligida boʻlib, startap ekotizimi, sunʻiy intellekt, raqamli transformatsiya, zamonaviy kasblarga tayyorlash va yoshlar bandligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ilgʻor tajribalarni oʻrgandi.
🤝 B2B va B2G doirasidagi uchrashuvlarda qoʻshma loyihalar va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Mazkur tashrif zamonaviy yondashuvlarni oʻrganish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda yoshlar bandligini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladigan samarali amaliyotlarni ommalashtirishga xizmat qiladi.



