Har bir shaxs mehnat huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishda teng imkoniyatlarga ega.
2026-08-17 10:05:00 / Yangiliklar
Har bir shaxs mehnat huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishda teng imkoniyatlarga ega.

🚫 Mehnat va mashgʻulotlar sohasida kamsitish taqiqlanadi. Jins, yosh, millat, til, ijtimoiy kelib chiqish, mulkiy holat, mansab, yashash joyi, din, e’tiqod va boshqa ishga aloqador bo‘lmagan omillar asosida cheklov yoki imtiyoz berish — kamsitish hisoblanadi.
⚖️ Biroq, ishning o‘ziga xos talablari yoki alohida himoyaga muhtoj shaxslar (voyaga yetmaganlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, homilador ayollar va boshqalar) uchun qo‘llanadigan asosli farqlar kamsitish hisoblanmaydi.
❗️ Agar shaxs o‘zini kamsitilgan deb hisoblasa, belgilangan tartibda shikoyat qilishi va sud orqali zararlarni qoplashni talab qilishi mumkin.
➡️ Batafsil
