Yoshlar bandligi– ustuvor vazifa: Namangan shahrida 4 mingdan ortiq boʻsh ish oʻrni aholiga taklif etilmoqda
2026-07-28 10:25:00 / Yangiliklar

Ishtirokchilar Namangan shahrida aholi bandligini taʼminlash, fuqarolarni doimiy ish bilan taʼminlash hamda mavjud boʻsh ish oʻrinlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimot davomida taʼkidlanganidek, bugungi kunda Namangan shahrida 4 226 ta boʻsh ish oʻrni mavjud boʻlib, ular turli soha va tarmoqlar kesimida ish izlayotgan fuqarolar uchun munosib mehnat imkoniyatlarini yaratmoqda.
Aholining boʻsh ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlardan tezkor va qulay foydalanishini taʼminlash maqsadida ushbu vakant lavozimlar Telegram kanallari, maxsus elektron platformalar hamda boshqa axborot resurslari orqali muntazam ravishda eʼlon qilib borilmoqda. Bu esa ish izlayotgan fuqarolarni oʻz vaqtida xabardor qilish, ularning bandligini taʼminlash va mehnat bozoridagi ochiqlikni yanada oshirishga xizmat qilmoqda.


