“Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari yangi bosqichda amalga oshirilmoqda
2026-07-29 14:20:00 / Yangiliklar

Namangan tumanidagi “Qo‘rg‘oncha” mahallasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i
Z. Ikramov hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida xonadonbay o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Mazkur o‘rganishlar doirasida aholi bandligini ta’minlash, oilalarning daromadini oshirish va mahallani kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish bilan bir qatorda, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, har bir xonadon tomorqasini barqaror daromad manbaiga aylantirish, aholiga zarur agrotexnik tavsiya va amaliy ko‘maklar ko‘rsatish, tomorqadan samarali foydalanish madaniyatini keng joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, “mahallabay” tizimi asosida ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni doimiy daromad manbaiga ega qilish hamda ularning turmush farovonligini oshirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mahalla drayveridan kelib chiqib, fuqarolarning o‘z tomorqalarida yilning o‘n ikki oyi davomida rezavor va boshqa daromadli ekinlarni yetishtirish bo‘yicha ilg‘or, usta dehqonlar tajribasini ommalashtirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hududda amalga oshirilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari belgilangan reja asosida izchil davom etmoqda.
@NamanganBandlik





