Boshqarma haqida
Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik
boshqarmasining vaqtinchalik
NIZOMI
1. bob. Umumiy qoidalar.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tasarrufidagi Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va xisobot berishi tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi:
Kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlikka ko‘maklashish sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, strategiya va dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish, hududlarning salohiyatini aholining kambag‘al qatlami daromadini oshirishga safarbar etish, “mahallabay” ishlash tizimi orqali kambag‘al aholi bilan manzilli ishlash samaradorligini oshirish;
mahallabay ishlash orqali aholini daromadli mehnat bilan band qilish, mahallalarda tadbirkorlikka ko‘maklashish, tadbirkorlikni muhim drayverga aylantirishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
mehnat bozorini tartibga solish bo‘yicha siyosatni amalga oshirish, bandlikni ta’minlash va ishsizlikni kamaytirish instrumentlarini rivojlantirish, munosib mehnat tamoyillarini keng joriy qilish, mehnat munosabatlarini takomillashtirish, mehnat huquqlari, mehnat muhofazasi va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga (keyingi o‘rinlarda -bandlik vazirligiga) bo‘ysunadi.
Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyat hokimligi shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
- Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan hududiy va idora bo‘ysunuvidagi bo‘linmalar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, o‘zining mustaqil balansiga, shaxsiy g‘azna hisob varaqlariga, bank hisob varaqlariga, shu jumladan xorijiy hisob varaqlariga ega.
- Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining rasmiy nomi:
to‘liq nomi - Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, qisqartirilgani - Bandlik boshqarmasi;
to‘liq nomi - Poverty Alleviation and Employment Department Jizzax region, qisqartirilgani - Directorate of Employment;
v) rus tilida:
to‘liq nomi - Upravlenie zanyatosti i sokraщeniya bednosti Jizzaxskoy oblasti, qisqartirilgani - Uprzanyatosti.
- Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining joylashgan joyi (pochta manzili): 130100, Jizzax shahri, Sh.Rashidov shox ko‘chasi, 63-uy.
Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining markaziy apparati;
Tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari;
Jizzax shahar va Zafarobod tuman Kasbiy ko‘nikmalar markazlari.
Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga va tegishli ravishda Jizzax viloyati hokimligiga bo‘ysunadi va hisobot beradi.
- Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi o‘z vazifalari va funksiyalarini bajarishda boshqa davlat va xo‘jalik bashqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
- bob. Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining vazifalari va funksiyalari.
- §. Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining vazifalari va funksiyalari
- Quyidagilar Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha strategiya dasturlarni ishlab chiqish va amalga o shirish;
- aholi daromadlari tabaqalashuvini o‘rganish va maqsadli dasturlari bilan o‘zaro muvofiqlashtirish;
- kambag‘allikni qisqartirish borasida nodavlat sektori bilan hamkorlik qilish;
- hududlarning salohiyatini kambag‘al aholi daromadini oshirishga safarbar etish;
- "kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi ijrosi bo‘yicha ishlash.
- mahallabay ishlash tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish;
- aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
- tadbirkorlikni muhim drayverga aylantirishni yangi yondashuvlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- hokimliklar bilan qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish.
v) aholi bandligiga ko‘maklashish va mehpat munosabatlari sohasida:
- mehnat resurslari balansini shakllantirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish dasturlarini shakllantirish;
- ishsizlarni bandligiga ko‘ maklashish;
- mexnat huquqlarini ximoya qilish, mehnat muxofazasi va xavfsiz mexnat sharoitlarini ta’minlash;
- milliy malaka tizimini rivojlantirish, ishsizlarni kasb-xunarga o‘qitish;
- fuqarolarni xorijga ishlashga ketishdan oldin tayyorlash, chet elda xaq-huquqlarini ta’minlash, xorijdan qaytganlarning bandligiga ko‘maklashish.
- Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- iqtisodiy o‘sishning inklyuzivligini tahlil qilish va ta’minlash, davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish;
- kambag‘allikni qisqartirishning aniq dastak va mexanizmlarini ishlab chiqish, xorij tajribasini inobatga olgan holda kambag‘allik darajasini aniqlash mezonlari va baholash uslubiyotini, ijtimoiy ta’minotning minimal standartlari me’yoriy asoslarini ishlab chiqadi;
- milliy barqaror rivojlanishning maqsad va vazifalariga erishish chora- tadbirlarini amalga oshirish, yashash minimumi va minimal iste’mol savatchasini hisoblash metodologiyasini ishlab chiqish hamda aholi daromadlari tabaqalashuvini o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish hamda ularning davlat maqsadli dasturlari bilan o‘zaro muvofiqligini ta’minlaydi.
- aholi bandligini ta’minlashga doir maqsadli kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish uchun davlat buyurtmasini va aholining ijtimoiy zaif katlamlarini ishga joylashtirish uchun kvotalar belgilash masalalarini amalga oshiradi;
- murojaat qilgan ishsizlarning ishga joylashtirilishini ta’minlash, aholini jamoat ishlarida ishtirok etishga jalb qilish, birinchi navbatda, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yo‘l va uy-joy-kommunal infratuzilma ob’ektlarini qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, shahar va tumanlarni obod qilish, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarini tashkil etish orqali jalb qiladi;
- ishga muhtoj shaxslarni, ayniqsa band bo‘lmagan yoshlarni, nogironligi bo‘lgan shaxslarni va ishsizlarni iqtisodiyot tarmoqlari va mehnat bozorining real ehtiyojlaridan kelib chiqib, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish masalalari bilan shug‘ullanadi;
- mehnat bozorini tartibga solish, bandlik, mehnat munosabatlari, mehnatni muhofaza qilish, kasb va mehnat standartlari, gender tenglikka rioya etishni ta’minlash, band bo‘lmagan aholini kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish sohasida bozor shart- sharoitlariga mos keladigan normativ-huquqiy hujjatlarni tezlikda ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek ular yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
- ishga joylashtirish jarayoniga ilg‘or axborot texnologiyalarini faol jalb kilish, shu jumladan milliy mehnat tizimini va vakansiyalar Milliy bazasini yuritishni nazarda tutuvchi dasturiy majmuani yaratish hamda muntazam rivojlantirib boradi;
- mehnat va bandlikni muhofaza qilish, mehnat sharoitlarini ekspertizadan o‘tkazish, mehnat munosabatlarini, mehnatni moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq chora- tadbirlarni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
- mehnat standartlarini joriy etish va mehnat munosabatlarini takomillashtiradi;
- mehnat, bandlik va mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash masalalari bo‘yicha shug‘ullanadi;
- mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha aholi va ish beruvchilar urtasida keng axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi:
- viloyatda tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritadi;
- mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va o‘qitish hamda o‘zini- o‘zi band qilish faoliyatiga yo‘naltiradi;
- mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida qonunchilikda belgilangan tartibda davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
- Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shuningdek hududiy bo‘linmalar va uning buysunuvidagi boshqa tashkilotlar orqali o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi.
- Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
- §. Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
- Quyidagilar Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi markaziy apparatining vazifalari hisoblanadi:
- hududiy bo‘linmalar va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar bilan birgalikda Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;
- kambag‘allik darajasini aniqlash mezonlari va baholash uslubiyotini ishlab chiqish;
- kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish, kambag‘allikni qisqartirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;
- aholi daromadlari tabaqalashuvini o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish hamda ularning davlat maqsadli dasturlari bilan o‘zaro muvofiqligini ta’minlash;
- murojaat qilgan ishsizlar bandligiga ko‘maklashish, aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini ishga joylashtirish imkoniyatlarini kengaytirish;
- inklyuziv bandlik va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini bandligiga ko‘maklashish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
- mamlakat mehnat bozorining amaldagi holatini puhta tahlil qilish asosida aholini ish bilan ta’minlashga doir hududiy va tarmoq dasturlarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish;
- ishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
- milliy malaka tizimini rivojlantirish, mehnat bozori uchun kerak bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga ko‘maklashish;
- munosib mehnat tamoyillarini keng joriy qilish, fuqarolarning mehnat hukuqlarini himoya qilish, mehnat muhofazasi va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash, mehnatga haq to‘lash, kasb va mehnat standartlari hamda mehnat munosabatlarini takomillashtirish;
- mehnat, mehnatni muhofaza qilish va bandlik sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish, mehnat sharoitlari ekspertizasini amalga oshirish, mehnat munosabatlarini, mehnatni moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq chora- tadbirlarni amalga oshirish;
- mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha aholi va ish beruvchilar o‘rtasida keng axborot-tushuntirish ishlarini olib borish;
- mehnat bozorini tartibga solish, bandlik, mehnat munosabatlari, mehnatni muhofaza qilish, kasb va mehnat standartlari sohasida normativ- huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek ular yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
- mehnatga haq to‘lashni normalash, mehnat standartlarini joriy etish va mehnat munosabatlarini takomillashtirish;
- kasbiy standartlarni ishlab chiqish va joriy qilishni muvofiqlashtirish;
- xavfsiz, tartibli va tashkillashtirilgan mehnat migratsiya tizimini rivojlantirish, fuqarolarni xorijga ishlashga ketishdan oldin tayyorlash, chet elda ularning haq-huquqlarini ta’minlash, xorijdan qaytgan mehnat migrantlarining bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat siyosatini yuritish;
- xususiy bandlik agentliklari faoliyatini muvofiqlashtirish;
- ilg‘or axborot texnologiyalarini ishga joylashtirish jarayonlariga joriy etish;
- mehnat, mehnatni muhofaza qilish va mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash;
- hududiy bo‘linmalar va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda kadrlar bilan ta’minlashni muvofiqlashtirish;
- ishga joylashtirish, o‘qitish va malaka oshirish, malakani baholash bo‘yicha xizmatlarga bo‘lgan davlat buyurtmasini moliyalashtirish, keyinchalik tegishli ravishda xususiy bandlik agentliklariga, ishsizlarni va band bo‘lmagan aholini o‘qitish markazlariga hamda malakani baholash markazlariga haq to‘lash;
- ishga joylashtirish, o‘qitish va malaka oshirish, malakani baholash bo‘yicha xizmatlarga bo‘lgan davlat buyurtmasini bajarish bo‘yicha Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining hududiy bo‘linmalari va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar faoliyati nazorat va tahlil qilinishini ta’minlash;
- idora buysunuvidagi tashkilotlar rivojlanishiga ko‘maklashish, ularni rivojlantirish konsepsiyalari va istiqbollarini belgilash;
- Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining markaziy apparati o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy hamda axborot- tahliliy jihatdan ta’minlaydi;
- hududiy bo‘linmalar va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, hukumat qarorlari, farmoishlari hamda viloyat hokimligi qarorlari va farmoishlarining bajarilishi yuzasidan muntazam nazoratni ta’minlaydi;
- kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi o‘rinbosarlarining buyruqlari va farmoyishlarini bajarilishini o‘z nazoratiga oladi;
- hududiy bo‘linmalar va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar faoliyati monitoringini tashkil etadi;
- mehnat bazorini rivojlantirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishga ko‘maklashadi;
- Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi faoliyatini, shu jumladan norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlashni tashkil etadi;
- kambag‘allik darajasi, mahallabay ishlash tizimi, mehnat bozori rivojlanishi, aholini ish bilan ta’minlash darajasi va tuzilmasini, yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi to‘g‘risida Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi rahbariyati uchun axborot to‘playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;
- aholini ish bilan ta’minlash, mehnat munosabatlari, mehnatni muhofaza qilish va mehnat migratsiyasi, mehnatga haq to‘lash masalalari va markaziy apparat vakolatiga kiradigan boshqa masalalar bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlarini axborot, uslubiy, tashkiliy va konsultativ qo‘llab-quvvatlaydi;
- operativ, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo‘jalik va Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni hal etilishi bilan shug‘ullanadi;
- Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hududiy bo‘linmalari va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar faoliyatini nazorat qiladi va tahlil qiladi;
- Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining hududiy bo‘linmalari va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar bilan birgalikda o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlaydi;
- aholini ishga joylashtirish sohasida xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar bilan hamkorlik qiladi;
- Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tizimi tashkilotlarida moliyaviy nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi;
- ishga joylashtirish, o‘qitish va malaka oshirish, malakani baholashga doir xizmatlarga bo‘lgan davlat buyurtmasini bajarish bo‘yicha Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hududiy bo‘linmalari va idora buysunuvidagi tashkilotlar faoliyatini nazorat va tahlil qiladi;
- jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlarni tashkil etadi;
- xorijiy investitsiyalar jalb etilishini tashkil qiladi va xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
- Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
- §. Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi vazifalari hamda funksiyalari.
- Qo‘yidagilar Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;
- tegishli ravishda Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, tuman (shahar)lar hokimlari, hududiy prokuratura, ichki ishlar organlari va davlat soliq xizmati rahbarlari tomonidan rahbarlik qilinadigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (keyingi urinlarda ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish sektorlari deb ataladi) bilan hamkorlikni amalga oshirish;
- aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va mehnat migratsiyasi sohasidagi va ular vakolatiga kiradigan boshqa masalalarga doir qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etish yuzasidan monitoring va nazorat olib borish;
- idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- ishga joylashtirish, o‘qitish va malaka oshirish, malakani baholash xizmatlari uchun davlat buyurtmasini shakllantirish bo‘yicha tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tahlil qilish;
- kovorking-markazlar tashkil etish va ularni saqlab turish moliyalashtirilishini tashkil qilish bo‘yicha tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
- idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda moliya nazoratini tashkil etish va amalga oshirish.
- Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi hamda unga rahbarlik qiladi;
- O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi qarorlari va farmoyishlarining hamda Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi buyruqlarining Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish tuman (shahar) bo‘limlari, idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan bajarilishini tizimli nazorat qiladi;
- idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi o‘tkazilishini tashkil etadi;
- idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, ularni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
- kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligi sohasida xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar bilan hamkorlik qiladi;
- idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda moliyaviy nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi;
- kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash hududiy dasturlari bajarilishi monitoringini olib borish, aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ijtimoiy himoya qilish, mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar xatti- harakatlarini muvofiqlashtiradi;
- ishga joylashtirish, o‘qitish va malakani baholash xizmatlariga bo‘lgan davlat buyurtmasini shakllantirish, moliyalashtirish va amalga oshirish, keyinchalik tegishli ravishda xususiy bandlik agentliklari, ishsizlar va band bo‘lmagan aholini o‘qitish markazlari hamda malakani baholash markazlariga hak to‘lash bo‘yicha idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar xatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi;
- idora buysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-texnik ta’minotini tashkil etadi;
- idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar binolari va inshootlaridan joriy foydalanish bo‘yicha ishlar monitoringini o‘tkazadi va muvofiklashtiradi;
- jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlarni tashkil etadi;
- operativ, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish va o‘z vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
- bob. Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi va uning hududiy bulinmalari huquqlari va majburiyati.
- Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq normativ-hukuqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek boshqa hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga belgilangan tartibda kiritish;
kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlikka ko‘maklashish sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda axborot so‘rab va olish;
davlat statistika organlaridan Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi vakolatiga kiradigan masalalarga doir zarur statistik axborotni bepul olish;
tashkilotlarda mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, mehnat xavfsizligi standartlariga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarning qoidalari va talablariga rioya etilishini belgilangan tartibda o‘rganish va tekshirish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar, shuningdek fuqarolik- huquqiy shartnomalar bo‘yicha ishlarni bajaruvchi (xizmatlar ko‘rsatuvchi) shaxslar sog‘lig‘ira mehnat vazifalarini bajarishi vaqtida yetkazilgan zararlarning boshqa omillarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus tekshirish yoki tekshirishda ishtirok etish;
mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy jazolar berish;
mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan va xodimlar sog‘ligi yoki hayotiga xavf tug‘diradigan tashkilotlar faoliyatini yoki korxonalar mablag‘laridan foydalanishni o‘z vakolatlari doirasida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatish;
Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi va uning idoraviy buysunuvidagi tuzilmalar davlat mulkini bir bulinmadan boshqa bo‘linmaga bepul foydalanish huquqlari asosida o‘z tashkiliy tuzilmasi doirasida belgilangan tartibda o‘tkazish;
tizimdagi jamg‘armalar mablag‘larini belgilangan tartibda tasarruf etish hamda ulardan maqsadli foydalanish yuzasidan nazoratni ta’minlash ishlarini tashkil etish;
Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi va uning idora bo‘ysunuvidagi tuzilmalari davlat mol-mulkini beg‘araz foydalanish huquqi asosida bir bo‘linmadan boshqa bo‘linmaga, o‘z tashkiliy tuzilmasi doirasida balansdan balansga belgilangan tartibda o‘tkazish, shtat jadvallarini muvofiqlashtirish, idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar moliya-xo‘jalik faoliyati balanslari va hisobotlarini ko‘rib chiqish;
idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash tadbirlarini amalga oshirish;
idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan markazlashgan kapital mablag‘lardan samarali foydalanish yuzasidan nazoratni ta’minlash, Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tizimidagi ob’ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha istiqbolli dasturlar ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Kambagallikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy bo‘linmalariga biriktirilgan binolar, inshootlar va xonalarni realizatsiya qilish yoki buzish to‘g‘risida qaror qabul qilish xususida O‘zbekiston Respublikasi Kambagallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga, viloyat va tuman(shahar) hokimlariga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
idora bo‘ysunuvidagi xo‘jalik tashkilotlari tuzilmasini, shtatlar sonini, shu jumladan boshqaruv xodimlarini, mehnatga haq to‘lash fondini, xarajatlar smetasini, avtotransport vositalari limitini belgilash;
Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, tuman(shahar) Kambagallikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari, idoraviy tashkilotlar faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ular tomonidan parametrlar bajarilishini hisobga olgan holda ularning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi, hajmi va shartlarini belgilash;
Jizzax shahri va Zafarobod tuman kasbiy ko‘nikmalar markazlarida ishsiz fuqarolarni kasbga o‘qitish, band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi Kasb-hunarga o‘qitish malaka oshirish va qayta o‘qitish;
Kasbiy kompetensiyalarni baholash markazlarida malakani baholash; "Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarining malakasini oshirish markazi"da tizim xodimlari malakasini oshirish;
yangi ish o‘rinlari tashkil etgan ish beruvchilarga, shuningdek aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga mansub shaxslarni, eng avvalo, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini, imkoniyatlari cheklangan shaxslarni, harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslarni ishga joylashtiruvchilarga ijtimoiy rag‘batlantirish, ish beruvchilarni Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining faxriy nishonlari, yorliqlari va guvohnomalari bilan takdirlash, shuningdek ommaviy axborot vositalarida eng yaxshi ish beruvchilar to‘g‘risida materiallar joylashtirilishini tashkil etish choralarini ko‘rish;
ish beruvchilar o‘rtasida ijtimoiy javobgarlikni oshirishga hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholini ishga joylashtirish bo‘yicha samarali faoliyatni kengaytirishga rag‘batlantirishni kuchaytirishga qaratilgan tanlovlarni belgilangan tartibda o‘tkazish;
binolarga xizmat ko‘rsatish, inventar va xo‘jalik asboblarini, avtotransportni, aloqa vositalarini, hisoblash, kompyuter va ofis texnikasini ta’minlab turish va ulardan foydalanish, dasturiy ta’minot xarid qilish, shu jumladan autsorsing shartlari asosida xarid qilish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilishga ilmiy tashkilotlarni, olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hamda boshqa tashkilotlarning buyruqlari va boshqa hujjatlarini bekor qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda ko‘rsatmalar kiritish;
internet jahon axborot tarmog‘ida va ijtimoiy tarmoqlarda belgilangan tartibda rasmiy veb-saytlar yaratish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, davlat soliq xizmati organlarining yozma murojaatlari asosida maxsus vakolatli organlar bilan dastlabki kelishuvsiz tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar tashkilotlarning bandlik, mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishini rejadan tashqari qisqa muddatli tekshiruvlar o‘tkazish;
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamrarmasi mablag‘lari hisobiga faoliyati yangi ish o‘rinlari tashkil etishga va aholini ish bilan ta’minlashga qaratilgan korxonalarni tashkil etish;
korrupsiya va boshqa suiste’molliklarning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslik, xodimning shaxsiy va ishchanlik xususiyatlarini, uning faoliyati samaradorligini muntazam o‘rganish, shuningdek malakaga va Inspeksiya faoliyatining turli yo‘nalishlarida ishlash tajribasiga ega kadrlar zahirasini shakllantirish maqsadida xodimlar rotatsiyasini amalga oshirish;
kam foydalanilayotgan yoki rekonstruksiya yoxud kapital ta’mirlashni (qayta jihozlashni) talab qiluvchi mavjud binolar, xonalarni o‘rnatilgan tartibda ijaraga berish;
davlat mulkining bo‘sh turgan ob’ektlarini, tizim tashkilotlarining faoliyat ko‘rsatmaydigan binolarini «nol» xarid qiymati bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilish to‘g‘risida takliflar kiritish;
Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari hamda idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar boshqaruv xodimlari mutaxassislarining qo‘shimcha shtat birliklarini Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga joriy etish;
tizim tashkilotlari reytingini tuzish maqsadida ular faoliyatining samaradorligini oshirish mezonlarini tasdiqlash;
o‘z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar o‘tkazish, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan shunga o‘xshash tadbirlarda ishtirok etish;
Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bajarish bo‘yicha Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hududiy bo‘linmalari va uning idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlari faoliyatini belgilangan tartibda o‘rganish va tekshirish;
Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hududiy bo‘linmalari va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlari rahbarlari va vakillari ishtirokida kengashlar o‘tkazish;
Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasika yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan hamda tezkor hal etishni talab qiladigan masalalar yuzasidan Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hududiy bo‘linmalari va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar rahbarlariga belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlangan konferensiya, forum, seminar va treninglar o‘tkazish, shu jumladan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga o‘tkazish, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, chet davlatlar hukumatlari, davlat organlari va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etish uchun Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi va tizim tashkilotlari xodimlarini xorijga yuborish, shuningdek, Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va milliy ekspertlarni jalb qilish;
Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
- Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi shart bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida qabul qilishga haqli.
Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi zarur hollarda boshqa davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda chop etishga haqli.
- Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
- bob. Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi rahbarlarining javobgarligi.
- Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
- Boshliq o‘rinbosarlari:
Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi nazoratidagi tarkibiy bo‘linmalarda Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
o‘z funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
- Boshqarma apparatning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari tegishli tarkibiy bulinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun;
O‘z funksional majburiyatlari sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
- Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining tuman(shahar) bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlari rahbarlari:
bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun;
o‘z funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
- bob. Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi faoliyatini tashkil etish
- Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan bosh boshqarma boshlig‘i rahbarlik qiladi.
- Boshqarma boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan bir nafar o‘rinbosari va bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
- Boshqarma boshlig‘i bo‘lmagan davrda uning vakolatlari Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, u bo‘lmaganda esa Boshqarma boshlig‘ining buyruriga binoan boshqa o‘rinbosar tomonidan amalga oshiriladi.
- Boshqarma boshlig‘i:
Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi va Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi faoliyatining alohida yunalishlari va uchastkalariga rahbarlik qilish va boshqarma bo‘ysunuvidagi tashkilotlar faoliyati uchun boshliq o‘rinbosarlari va Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tizimining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
o‘z vakolati doirasida Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tizimi xodimlari tomonidan ijro etilishi shart bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida markaziy apparat xarajatlar smetasini va shtat jadvalini tasdiqlaydi, Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining respublika byudjetida turgan idoraviy mansub tashkilotlarining xarajatlar va daromadlar smetalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining idoraviy mansub tashkilotlari markaziy apparati tuzilmasiga, zarur bo‘lsa, xodimlarning umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;
Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar ustavlari (nizomlari)ni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
xodimlar, shu jumladan boshqaruv xodimlari, xo‘jalik hisobida bo‘lgan idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar xodimlari sonini umumiy cheklangan shtatlar soniga muvofiq mustaqil belgilaydi, idora bo‘ysunuvidagi xo‘jalik tashkilotlari tuzilmasini, shtatlar sonini, shu jumladan boshqaruv xodimlarini, mehnatga haq to‘lash fondini, harajatlar smetasini, avtotransport vositalari limitini tasdiqlaydi, shuningdek ularning mol- mulkini tasarruf etadi;
Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tizimida belgilangan tartibda moliyaviy ishlarni tashkil etadi, boshqarma bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarni, moliyaviy jihatdan ta’minlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshka vakolatlarni amalga oshiradi.
- bob. Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tizimi xodimlarini moddiy-texnik ta’minlash va rag‘ batlantirish chora-tadbirlari.
29. Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tizimi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va mehnatiga haq to‘lash byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Byudjetdan tashqari manbalar mablag‘lari hisobidan hamda qonunchilikda ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
8- bob. Yakunlovchi qoidа.
29. Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasini qаytа tаshkil etish vа tugаtish qonunchilikdа belgilаngаn tаrtibdа аmаlgа oshirilаdi.
Izoh - O’zbekistan Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi va idoralarning cheklangan soni (tashkiliy tuzilmalari) tasdiqlangunga qadar O’zbekistan Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son, 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF-143-son Farmonларi, 2024-yil 04-oktabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-347-son Qaroriga muvofiq qayta tashkil etilgan, tugatilgan, buysinuvi uzgargan Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi va idoralarning:
Xodimlariga 2024 yil 31 dekabrga kadar amalda bulgan shtatlarda ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa tulovlar hamda kommunal, ijara, xizmat safari va tashkilotlarni saqlash bilan bogliq boshqa harajatlar vaqtinchalik harajatlar smetasi doirasida amalga oshiriladi.
