Daromadlarini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar ijrosini örgandi.
2026-11-12 10:35:00 / Yangiliklar
Boş prokuror örinbosari I.Adxamov Jizzax viloyatining Jizzax şahar, Zomin, Zarbdor va Şarof Raşidov tumanlarida aholi bandligini ta’minlaş va daromadlarini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar ijrosini örgandi.
Davlat rahbari tomonidan 03.09.2026-yilda ötkazilgan videoselektor yiğilişida berilgan topşiriqlar ijrosi yuzasidan Jizzax viloyat va tuman (şahar) hokimliklarida taşkil etilgan aholi daromadlarini oşiriş va kambağallikni qisqartiriş böyiça ştablar faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli işlaşni kuçaytiriş, har bir oilaning imkoniyatidan kelib çiqib individual yondaşuvni yölga qöyiş böyiça vazifalar belgilandi.
Şuningdek, yangi loyihalarni amalga oşiriş orqali iş örinlari yaratiş, böş turgan yer maydonlari hamda bino-inşootlar xatlovdan ötkazilib, ulardan tadbirkorlik faoliyatini taşkil etiş maqsadida samarali foydalaniş zarurligi körsatib ötildi.
Örganişlar davomida, “Qahramon” mahallasida yaşovçi ehtiyojmand oila — N.Şaropova va "Oqbuloq" MFYda yaşovçi Z.Turdiboyevalarning turmuş şaroiti közdan keçirildi. Oila daromadini oşiriş uçun uning a’zolarini tadbirkorlikka jalb qiliş, tomorqa yer maydonidan samarali foydalaniş imkoniyatlari muhokama qilinib, voyaga yetmagan farzandlarining ta’limga jalb etiliş holati örganildi.




