AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA MANZILLI O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
2026-09-10 18:15:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida o‘tkazilgan “Mahallalarda aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy etish to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev tomonidan Do‘stlik MFY va Yangiobod ShFYda manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida har bir fuqaro bilan individual suhbat o‘tkazilib, ularning mavjud imkoniyatlari, muammolari va takliflari tinglandi.
Fuqarolarni bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbaini yaratish maqsadida ularga doimiy ish o‘rinlari, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Asosiy e’tibor — har bir xonadonning daromadini oshirish, fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini ta’minlashga qaratildi.







