Tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.
2026-08-20 17:45:00 / Yangiliklar
🌱 Paxtakor MFY Chamanzor-2 ko‘chasida tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Paxtakor MFYning Chamanzor-2 ko‘chasida xonadonlarda mavjud tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, turli xil qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish hamda oilalar farovonligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
🌿 Ishtirokchilarga tomorqadan oqilona foydalanish, ekinlarni to‘g‘ri joylashtirish va mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
💬 Seminar yakunida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.





