1705 nafar nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizning bandligi ta’minlandi.
2026-08-18 16:05:00 / Yangiliklar
Davlatimizda imkoniyati cheklangan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda jamiyatdagi faolligini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Xususan, Jizzax viloyatida nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta'minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ayni paytda viloyatda 45 561 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda mehnat bozorida munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida viloyat bo‘yicha 1 705 nafar nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizning bandligi ta'minlandi. Jumladan, viloyatdagi yirik avtomobil ishlab chiqarish korxonasiga 17 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro ishga joylashtirildi (ulardan 7 nafari ko‘zi ojiz fuqarolardir). Ayni paytda korxonada yana 14 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsni ishga qabul qilish bo‘yicha suhbatlar olib borilmoqda (ularning 4 nafari ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi fuqarolar).

